Samarqandda oʻtkazilgan triatlon boʻyicha Jahon kubogi gʻoliblari aniqlandi
Foto: “Xalq soʻzi”
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/«Xalq soʻzi». Samarqandda tashkil etilgan «Parij-2024» Olimpiadasi yoʻllanma beruvchi «World Triathlon Para Cup Samarkand-2024» va «World Triathlon Cup Samarkand-2024» Jahon kubogi bellashuvlarida dunyoning 60 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida xotin-qizlar oʻrtasida germaniyalik Lena Maisnir birinchi, Buyuk Britaniya vakili Jessika Fuligar ikkinchi, shvetsiyalik Tilda Mensan uchinchi oʻrinni egalladi.
Erkaklar oʻrtasida esa Konnor Bentliv (Buyuk Britaniya), Yanis Siguin (Fransiya), Yonas Shomburg (Germaniya) kuchli uchlikdan joy oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring