Samarqandda “Nexia” kanalga tushib ketdi
Foto: Videodan kadr
Samarqandda “Nexia” avtomashinasi kanalga tushib ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-iyul kuni soat 13:30 atrofida Samarqand shahri Jomiy koʻchasida sodir boʻlgan.
Aniqlik kiritilishicha, “Nexia” avtomobili texnik nosozlik yuzaga kelgani sababli avtomashinaning rul boshqaruvi yoʻqotilgan. Soʻngra Siyob kanaliga tushib ketib YTH yuz bergan.
«Hodisa oqibatda tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq. Avtomashinaga moddiy zarar yetgan. Transport vositasi FVB tomonidan chiqarib olingan. Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring