Samarqandda kutilmagan jala oqibatlari bartaraf etilmoqda
Joriy yilning 29-aprel kuni soat 16:00 dan soat 18:00 ga qadar Samarqand viloyati hududida kuzatilgan kuchli yomgʻir oqibatida Samarqand shahrining Galaosiyo, Soʻzangaron, Mirzo Ulugʻbek, Shohi Zinda, Tunukasozlar, Oybek va Izboskan koʻchalari hududiga yigʻilgan oqava suvlarining ariqlardan toshib chiqishi sababli 8 nafar fuqaroning hovlisi va yertoʻlalariga suv kirganligi kuzatildi.

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra, jala oqibatlarini bartaraf etishga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 6 ta maxsus texnika va 44 nafar shaxsiy tarkib vakillari, obodonlashtirish boshqarmasi, “Suvoqava” DUKdan 8 ta maxsus texnika va 52 nafar ishchi-xodimlar jalb qilindi.
Shuningdek, “Toshkent-Samarqand-Buxoro” M-37A avtomobil yoʻlining 39-40 kilometrdagi yomgʻir suvlarining ariqqa sigʻmasdan oqib tushishi tufayli yoʻlning 2-3 metri, chuqurligi 1,5 metr va kengligi 0,6 metrlik qismi yuvilib ketgan. Uni bartaraf etish maqsadida ishlar olib borilmoqda.

Shiddatli yomgʻir sabab Bulungʻur tumani markazining Alisher Navoiy koʻchasidagi 19-uy, Furqat koʻchasidagi 24-uy, Baxshi koʻchasidagi 10-uy, Sharof Rashidov koʻchasidagi 14-uy, Spitamen koʻchasidagi 60-uy, Sohibkor koʻchasidagi 25 “A”-uy, Chamanzor koʻchasidagi 12-uy va Hamid Olimjon koʻchasidagi 6-uyning hovlisiga suv oqib kirgan. Bulungʻur tumani obodonlashtirish boʻlimi tomonidan aholiga yordam koʻrsatilmoqda.
Shuningdek, M-37 avtomobil yoʻlining Bulungʻur tumaniga tutash Yuqori nuqta post-maskani hududida ham surunkali yomgʻir suvlari avtomobil yoʻliga chiqib ketib, yoʻlda soat 17:00 dan soat 17:40 gacha vaqtincha bir tomonlama qatnov yoʻlga qoʻyildi. Ushbu holat zudlik bilan bartaraf etilib, avtomobil qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring