Samarqandda koronavirusdan tuzalganlar soni 21 nafarga yetdi
Samarqand viloyatida yana 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib chiqdi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning 6 nafari Toyloq tumani, 1 nafari Samarqand tumanidan boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olishgan.
Ulardan 3 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ularning yoshi kattasi 70 yoshda, yoshi kichigi esa 4 yoshli bola.
Viloyatda shu paytga qadar 14 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 21 nafarga yetdi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring