Samarqandda XTB xodimi pora bilan ushlandi
Joriy yilning 16-noyabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda prokuratura va prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida viloyatdagi tumanlarning birida xalq taʼlimi boʻlimi mudiri oʻrinbosari lavozimida ishlovchi fuqaro R.T. xizmat mavqeidan foydalanib mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga oʻqituvchilikka ishga qoʻyishini vaʼda qilgan. Soʻngra undan 300 AQSH dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat boʻyicha fuqaro R.T.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring