Samarqandda YTH oqibatida 4 yoshli bola halok boʻldi
Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Jomboy tumanida “Gentra” haydovchisi yoʻl chetidagi bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat 9-avgust kuni soat 19:40 atrofida sodir boʻlgan. Haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotgan, soʻngra yoʻl chetida turgan 4 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda bola olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok boʻlgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam oʻlimiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring