Samarqandda YTH natijasida haydovchi halok boʻldi
Samarqand viloyatining Nurobod tumanida mudhish yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashagan X.B. oʻzining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Nurobod tumanining “Oqsoy” mahallasidan oʻtuvchi “Samarqand-Qarshi” yoʻlining 34-km.da haydab ketayotib, shu yoʻnalishda oldinda harakatlanib burilayotgan S.P. boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk avtomashinasi yon tomoniga borib urilgan.
Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, voqea joyida halok boʻlgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring