Samarqandda yil davomida 700 dan ortiq bojxona qoidabuzarliklari aniqlandi

00:37 23 Yanvar 2022 Jamiyat
1391 0

Foto: Arxiv surat

2021-yilda Samarqand viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 milliard 755 million dollarni tashkil etdi. Ularning 450,2 million dollari eksportga, 1,3 milliard dollari importga toʻgʻri keldi. Bu haqda “Daryo” xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2021-yil davomida import qilinadigan tovarlardan qonun hujjatlarida belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda jami 3 trillion 593 million soʻmlik bojxona toʻlovlari undirilgan. Shuningdek, 1 trillion 710 milliard soʻmga bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berildi, qolgan 1 trillion 882 milliard soʻm davlat byudjetiga undirildi.

Shuningdek, viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari 2021-yilda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 734 ta bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanganligini taʼkidladi. Ularga koʻra, 15 milliard soʻmdan ortiq inventar ashyolar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan. 

Shuningdek, boshqarma tomonidan giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bogʻliq 49 ta huquqbuzarlik faktlari aniqlangan. Natijada 34,4 kilogramm narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qoʻyildi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq bojxona xodimlari Toshkent viloyatida 77 kg giyohvandlik vositasini kartoshka koʻrinishida yashirgan narkokuryerlarni ushlagandi hamda Buxoroda yirik giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanuvchi guruhni qoʻlga olgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер