Samarqandda ishlab chiqarish sexi qariyb 1 mlrd soʻmlik elektr oʻgʻirlagani aniqlandi
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Samarqand viloyatida 993 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, inspeksiyaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Unda Samarqand tumanida fuqaro T.B.ga qarashli yem ishlab chiqarish sexida oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr taʼminoti korxonasining 993 million soʻmlik zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon shahrida 1 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring