Samarqandda ham hokimlikka ayol kishi tayinlandi
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar kengashining bugun oʻtkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida Alimova Gavhar Zoyirovna Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Gavhar Alimova Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1989-yilda Jomboy tumanidagi 16-maktab yoʻriqchiligidan boshlagan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi, avvalgi “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishlagan.
2018-yildan 2020-yilgacha Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, yaqindan boshlab esa Samarqand viloyati mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Gavhar Alimova 2017-yildan buyon Kattaqoʻrgʻon shahriga hokimlik qilgan Muzaffar Xoshimov oʻrnini egalladi.
O'zA
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring