Samarqandda Global investitsiya forumi oʻtkaziladi
Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi va koʻrgazma tashkil etiladi. 17–18-oktyabr kunlari oʻtkaziladigan forumda vazirlar va xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi hamda 22 ta taqdimot oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Forum davomida Oʻzbekistonning 14 ta hududi mavjud turistik-investitsion salohiyati, 3 ta turistik-rekreatsion zona (Zomin, Chorvoq, Chimyon), Markaziy Osiyo davlatlari, shuningdek, 4 ta startap loyihalari (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) namoyish etiladi. Bundan tashqari, Turizm qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Oʻzbekiston aeroportlari” AJ va “Oʻzbekiston vertolyotlari” MCHJlarning stendlari tashkil qilinadi.
Qolaversa, umumiy qiymati 2 mlrd. dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli roʻyxati shakllantirilib, investorlarga taqdim etiladi.
Maʼlumot uchun, UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasida 120 dan ortiq yirik xorijiy investorlar hamda 500 dan ortiq yirik mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring