Samaqandda Global investitsion forumi boʻlib oʻtadi
17-oktabr kuni Samarqanddagi “Silk Road” turistik markazida “Global Investment Forum” investitsiya forumi oʻtkaziladi. Tadbir BMT Butunjahon Turizm Tashkilotining 25-Bosh Assambleyasi (GA25 UNWTO) doirasida boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Global investitsion forum UNWTO Bosh Assambleyasining asosiy tadbirlaridan bir boʻlib, u dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ortiq salohiyatli xorijiy investorlar, shuningdek innovatsion gʻoyalar, startaplar hamda texnologik yutuqlarga erishgan xorijiy kompaniya vakillarini bir joyda toʻplaydi.
Forum yakuniga koʻra, turizm sohasidagi investitsiya loyihalari doirasida qator memorandum, kelishuv va shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring