Samarqandda fuqaroni AQSHga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

19:37 10 Iyul 2024 Jamiyat
704 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samarqandda AQSHga, Andijonda Koreya davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “F.T.” MCHJ rahbari F.B. fuqaro U.A.ni 13 000 AQSH dollari evaziga Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, oldindan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan D.M. va D.X. fuqaro A.Yu.ning ishonchiga kirib, uning farzandini Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 900 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер