Samarqandda “Yer yuzining sayqali” nomli koʻrgazma ish boshladi
2023-yil 24-avgust kuni “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida oʻzbek xalqi va davlatchilik tarixi, I va II Uygʻonish davrlari, buyuk allomalar hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Yer yuzining sayqali” nomli koʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda 60 dan ortiq sopol, qimmatbaho tosh va metallar, shisha kabi ashyolardan tayyorlangan nodir muzey buyumlari, tasviriy sanʼat asarlari namoyishga qoʻyilgan.
Koʻrgazma 1-oktyabrga qadar davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring