Samarqandda “Damas” va “Cobalt” ishtirokida dahshatli YTH yuz berdi
Foto: Telegram / Jahongir Saʼdullayev
Samarqand viloyatida “Damas” va “Cobalt” rusumli mashinalar ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati boshligʻi Jahongir Saʼdullayev xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 13-iyun kuni soat 06:30 larda, Bulungʻur tumani Olmazor MFY hududidan oʻtgan M-39 avtomobil yoʻlining 1046-км.да haydovchi “Damas” rusumli avtomobilini “Toshkent-Samarqand” yoʻnalishida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtomobilni old tomonidan kelib urib YTH sodir etgan.
Oqibatda “Damas” haydovchisi shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan.
IIB matbuot kotibining bildirishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring