Samarqandda “Challenge Samarkand — 2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi

11:17 09 Sentyabr 2024 Jamiyat
291 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand 7-8-sentyabr kunlari triatlon boʻyicha “Challenge Samarkand” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qildi. Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, viloyat hokimligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar koʻmagida tashkil etilgan nufuzli sport musobaqasi Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida oʻtkazildi.

“Challenge Samarkand-2024” asosiy bahslarida ishtirokchilar elita estafetasida 1,9 kilometr suzish, 86 kilometr velopoyga va 21,5 kilometr yugurish boʻyicha bellashdi.

Musobaqaning professional sportchilar bahsida erkaklar oʻrtasida norvegiyalik sportchi Kristian Blummenfelt birinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtdi. Ikkinchi oʻrinni yana bir norvegiyalik sportchi Gustav Iden qoʻlga kiritgan boʻlsa, uchinchi oʻrin germaniyalik sportchi Riko Bogenga nasib etdi.

“Challenge Samarkand-2024” musobaqasining ayollar oʻrtasidagi bellashuvida ham gʻoliblikni norvegiyalik sportchi Laura Madsen qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻringa polshalik Marta Lagovnik erishdi, uchinchi boʻlib Fransiyalik Justin Guerard marra chizigʻini kesib oʻtdi.

Ushbu musobaqada havaskorlar hamda jamoaviy estafeta bahslarida gʻoliblar aniqlandi.

Keyingi yillarda Samarqandda triatlon boʻyicha Osiyo, jahon chempionati va xalqaro musobaqalarning oʻtkazilishi jahon triatlon reytingida mamlakatimizning munosib oʻrin egallashiga hamda yurtimizga sayyohlar oqimining koʻpayishiga xizmat qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер