Samarqandda avtomobil shinalarini sotish doʻkoni yonib ketdi
Samarqand shaharida avtomobil shinalarini sotish doʻkoni yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 25-iyun kuni soat 15:05 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand shahar Spitamen shoh koʻchasida joylashgan skuterlar va avtomobil shinalarini sotish doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, voqea joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, 15:21 da alangani oʻrab olgan va keyingi 25 daqiqada ichida yongʻinni toʻliq bartaraf etgan.
Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent shahri Sergeli tumanida “Spark” rusumli avtomobil yonib ketgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring