Samarqandda 9-sinf oʻquvchisi va direktor oʻrinbosari mushtlashdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi 2-umumtaʼlim maktabi direktor oʻrinbosari oʻquvchiga nisbatan zoʻravonlik qilgani haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat bugun, 2-aprel kuni 6-soat darsidan soʻng maktabning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari hamda 9-sinf oʻquvchisi oʻrtasida sodir boʻlgan.
Ayni vaqtda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganilmoqda.
“Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi oʻquvchilarga nisbatan har qanday qoʻpol munosabatni keskin qoralaydi”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, oʻrganiladi, oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumot taqdim etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring