Samarqandda 65 yoshli otaxon “opiy” bilan ushlandi
Foto: Халқ сўзи
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi va viloyat IIB hodimlari hamkorligida joriy yilning 11-yanvar kuni narkotik vositalar savdosiga qarshi kurashish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi bilan sudlangan 65 yoshli fuqaro “X.A.” yaqin qarindoshi, 1990-yilda tugʻilgan fuqaro “X.U.” yordamida, uning boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasida 497,51 gr. “opiy” narkotik moddasini olib ketayotgan vaqtda ushlandi. Holat xolislar ishtirokida tekshirildi va ashyoviy dalillar olib qoʻyildi.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu narkotik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilgan.
Ushbu holat boʻyicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring