Samarqandda 560 mln. so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi
Davlat soliq xizmati organlarining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikdagi nazorat tadbirlari Samarqand viloyatida ham o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida Samarqand tumanida yashovchi fuqaro U.Z. xonadonida umumiy qiymati 560,2 mln so'mlik 5 turdagi 43 228 shisha qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari saqlanayotganligi aniqlandi va vaqtincha olib qo‘yildi.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring