Samarqandda 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Joriy yil 28-mart kuni soat taxminan 11:00 larda Samarqand shahri M.Shayxzoda MFY, Laxutiy koʻchasi 31-uyda vaqtincha yashovchi 5 nafar fuqarolar xonadonda oʻrnatilgan isitish pechi (golland pechi) dan is gazi ajralib chiqishi natijasida zaharlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Natijada, 4 nafar fuqaro vafot etib, 1 nafari esa kuchli zaharlanish alomatlari bilan RSHTTYOIAM Samarqand filialiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring