Samarqandda 300 million soʻmga yer sotayotgan fermer qoʻlga olindi
Foto: iiv.uz
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga 1983-yilda tugʻilgan Z.A. ariza bilan murojaat qilib, oʻz arizasida Bulungʻur tumanida yashovchi, fermer xoʻjaligida rais boʻlib ishlovchi “M” ismli shaxs, oʻzining fermer xoʻjaligiga qarashli yer maydonidan fuqaro Z.A.ga baliqchilik bilan shugʻullanishi uchun 20 gektar yer maydonini 300.000.000 soʻmga sotishga kelishib, oldindan 50.000.000 soʻm miqdordagi pullarni talab qilganligini maʼlum qilib, “M” ismli shaxsga nisbatan chora koʻrishni soʻragan.
Bu haqda Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu arizaga asosan Samarqand viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Bulungʻur tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida M.A yerni 300 million soʻmga sotishga kelishib, oldindan 50 million soʻmini olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Bulungʻur tuman IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan fermer xoʻjaligi raisiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring