Samarqandda 30 nafar shaxsga tegishli yer hamda bino va inshootlarga boʻlgan huquqlar eʼtirof etildi

15:35 11 Aprel 2025 Jamiyat
372 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yilning 5-avgust kuni “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonun imzolangan. Ushbu qonun 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oʻninchi sessiyasida Kattaqoʻrgʻon tumanida 10 nafar, Bulungʻur tumanida 10 nafar, Payariq tumanida 6 nafar, Kattaqoʻrgʻon shahrida 2 nafar, Toyloq tuman 1 nafar, Narpay tumanida 1 nafar fuqarolarning yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylarga nisbatan huquqlarini eʼtirof etish yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qarori qabul qilindi hamda mazkur fuqarolarga ushbu hujjat tantanali topshirildi.

— Qirq yil avval Qiyot mahallasidan yer olib, uy-joy solib hozirgacha yashab kelyapmiz, — deydi kattaqoʻrgʻonlik 69 yoshli Nurmahmud Rizanov. — Ammo ushbu uyimizga nisbatan mulk huquqi yoʻq edi. Yillar davomida shu kunlarni kutib yashadik. Bugundan boshlab uy-joyimizning qonuniy egasi boʻldik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер