Samarqandda 17 yashar qiz bedarak yoʻqoldi

23:00 21 Yanvar 2021 Jamiyat
1793 0

Kattaqoʻrgʻon shahar, “Oʻrikzor” MFY, U.Barnayev 1-berk koʻchasi, 9-uyda yashab kelgan, 14.11.2004-yilda Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan, Ergasheva Pokiza Jamshid qizi 2021-yil 10-yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib, bedarak yoʻqolgan. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Alohida belgilari: Buyi taxminan 150-155 sm atrofida, oqdan kelgan, oʻrtacha gavdali, sochi qora rangda uzunligi 80-90 sm atrofida, koshi qora rangda, koʻzi malla rangda, yuzi ovalsimon, tishlari tabiiy butun, lablari qalin.

Egnida boʻlgan kiyimlari: toʻq koʻk rangli tizzasigacha boʻlgan “Balon” kurtka, qora rangli sport trikosi, och qizil rangli sport kiyimi, oyoqlarida oq rangli ayollar krosovkasi va qora rangli orqaga ilinadigan “Viktoriya Sekret” yozuvli sumkasi boʻlgan.

Ergasheva Pokizani koʻrganlar yoki u haqida maʼlumotga ega boʻlganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qoʻngʻiroq qilishlari soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер