Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
Bu haqda Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Xabarda berilishicha, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 3 kishi (ayol 53 yosh, qiz 9 yosh, oʻgʻil bola 3 yoshda boʻlgan) is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring