Samarqand va Agra shaharlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari oʻrganildi

22:05 23 Mart 2021 Siyosat
1320 0

Oʻzbekiston va Hindiston hududlari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik aloqalarni rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar doirasida joriy yilning 22-mart kuni mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Agra shahri meri Navin Kumar Jain bilan uchrashdi.

Qayd etish lozim, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida 2018-yil 1-oktyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand shahri hokimligi va Uttar-Pradesh shtati Agra munitsipial uyushmasi oʻrtasida anglashuv Memorandumi imzolangan.

Uchrashuvda mazkur Memorandum doirasida hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, oʻzaro hamkorlik aloqalarini yana-da jadallashtirish imkoniyatlari oʻrganildi.

Xususan, madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma tadbirlar tashkil etish, hunarmandchilikning turli yoʻnalishlarini rivojlantirish va muhofaza qilish, tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Bu borada tomonlar tadbirkorlari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiyalar tashriflarini tashkil qilishga kelishib olindi.

Samarqand va Agra shaharlarining ulkan turizm salohiyatidan kelib chiqib mazkur hududlar sayyohlik kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish muhim ekanligi alohida taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер