Samarqand tumanida uchta xonadonda yongʻin sodir boʻldi

19:07 06 Dekabr 2021 Jamiyat
466 0

Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, bugun, 6-noyabr kuni soat 07:30da Samarqand tumani “Qoziqoʻrgʻon” MFYda joylashgan xonadonlarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida  xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan voqea joyiga 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib borib, yongʻin 08:08da qurshab olingan va soat 08:58da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida 3 ta uyning jami 170 kv.m. maydonida tom, shift va uy jihozlari yonib zararlangan.

Yongʻin oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер