Samarqand shahridagi xonadonlarlardan birida 1 milliard soʻmlik pirotexnika vositalari aniqlangan
Viloyat IIB va DXX viloyat boshqarmalari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida Samarqand shahar Xoʻjagunjoyish mahallasida yashovchi shaxs qarindoshining Galaosiyo mahallasida joylashgan xonadonida sotish maqsadida jami 21 turdagi 1 ming 903 dona, taxminiy bahosi 1 mlrd. soʻm boʻlgan pirotexnika vositalarini yashirin ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan.
Ushbu pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olib qoʻyilgan. Noqonuniy pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgan shaxslar qoʻlga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring