Samarqand shahrida moliyaviy piramida tashkil etgan MCHJ aniqlandi

12:44 18 Noyabr 2023 Jamiyat
216 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MCHJni tashkil etib, jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etishga doir faoliyatni amalga oshirib, “lnstagram” ijtimoiy tarmogʻida oldindan 20 foiz toʻlov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida eʼlonlar berib, 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki toʻlov sifatida jami 479 mln soʻm naqd pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер