Samarqand shahri chegarasiga oʻzgartirish kiritiladimi?

13:59 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
1961 0

Oʻzbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi – 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand shahri tarkibiga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumanining maʼmuriy hududi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan tavsiflar va grafik chizmalari asosida 1-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bajarilishi bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Qaror loyihasining muhokamasi 3-oktyabr sanasigacha davom etadi.

Qaror loyihasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер