Samarqand “qizil” hududga aylandi

11:00 06 May 2020 Jamiyat
2647 0

arxiv foto

Kecha, 5-may kuni Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda tumanlar va shaharlar “qizil” (yuqori xavfli), “sariq” (oʻrta xavfli) va “yashil” (xavfsiz) hududlarga ajratilishi maʼlum qilingan edi.

Samarqand viloyati komissiyasining yigʻilishida maʼlum qilinishicha, ayni paytda Samarqand viloyati epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kirishi eʼtiborga olinib, bu hududda hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 30-apreldagi qaroriga koʻra, viloyatning Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulungʻur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari yumshatilmasligi maʼlum qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер