Samarqand nufuzli xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda

11:45 30 Aprel 2025 Jamiyat
278 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahrida “Moturidiylik — bagʻrikenglik, moʻtadillik va maʼrifat taʼlimoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilyapti. Unda 20 dan ortiq mamlakatdan yetmishdan ziyod ulamo va olimlar, xalqaro tashkilot rahbarlari, muftiylar, ilmiy tadqiqotchilar qatnashyapti.

Konferensiya ishtirokchilari 29-aprel kuni koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi muborak qadamjolarni ziyorat qilib, tarixiy obidalar va ziyoratgohlardan katta taassurot oldi.

Xorijiy ulamolar bu diyor dunyo sivilizatsiyalar markazi boʻlgani, Islom tamadduni rivojiga ham muhim hissa qoʻshgani, koʻplab olim-u ulamolarni yetishtirib berganini eʼtirof etdi.

Bugun konferensiya ishtirokchilari Imom Moturidiy va moturidiylik taʼlimoti mohiyati, moturidiylik namoyandalari va asarlari, moturidiylik taʼlimotiga oid zamonaviy tadqiqotlar, globallashuv jarayonida moʻtadil islom taʼlimotining ahamiyati, zamonaviy islomshunoslik tadqiqotlari singari muhim ilmiy masalalarni muhokama qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер