Samarqand xalqaro aeroportida jangovor oʻq ushlab qolindi
Abdulaziz Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”. Samarqand xalqaro aeroporti orqali “Samarqand—Moskva” aviareysi bilan xorijga uchib ketayotgan shaxsning bagaj sumkasi koʻzdan kechirilganda, bojxona nazoratiga taqdim qilmasdan, kontrabanda predmeti hisoblangan 1 dona “60 84” yozuvli 5,45 mm kalibrli patron (jangovor oʻq) borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring