Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi

17:44 30 Yanvar 2023 Jamiyat
1204 0

Samarqand xalqaro aeroporti hududida turizm axborot markazi oʻz ishini boshladi.

Qayd etish joizki, turizm axborot markazida chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish tartibi, turistlar uchun qiziqarli boʻlgan madaniy meros obyektlari, turistik yoʻnalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar boʻyicha batafsil maʼlumotga ega boʻlish mumkin.

Taʼkidlash kerakki, Samarqand shahrida oʻtgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2023-yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Axborot markazining ochilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-455-son Qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun, Samarqand 2023-yilda Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) poytaxti hisoblanadi. UNWTO Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi aynan Samarqandda oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер