“Samarqand” xalqaro aeroporti davlat-xususiy sheriklik asosida boshqariladi

22:02 23 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1834 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bugun, 23-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligida “Air Marakanda” MCHJ XK va “Uzbekistan Airports” AJ oʻrtasida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish" loyihasining davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolash boʻyicha marosim boʻlib oʻtdi.

Marosimda Transport vazirligi, “Uzbekistan Airports” AJ “Air Marakanda” MCHJ XK va Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.

Mazkur bitim “Samarqand” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash, ular uchun barcha zarur qulay shart-sharoitlarni yaratish, aeroportni boshqarish sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb qilish maqsadida “Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish" loyihasini amalga oshirish doirasida imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер