Samarqand CRIC 21-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrmoqda

22:09 09 Oktyabr 2023 Jamiyat
764 0

Foto: Illustrativ foto

Shu yilning 13 — 17-noyabr kunlari Samarqand shahrida BMTning choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha Konvensiyasi (CRIC 21) ijrosini koʻrib chiqish qoʻmitasining 21-sessiyasi boʻlib oʻtadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼlumotiga koʻra, tadbir doirasida Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Karib havzasi, Shimoliy Oʻrtayer dengizi, Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun konvensiyani amalga oshirish boʻyicha ishtirokchi davlatlar oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.

CRIC 21 davomida tomonlar BMTning Choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasining (UNCCD) 2018–2030-yillarga moʻljallangan Strategiya asoslarining strategik maqsadlariga muvofiq amalga oshirilishini va maqsadli tavsiyalar berish maqsadida uning borishini koʻrib chiqadilar.

Shuningdek, konferensiyada yerning degradatsiyasiga betaraflik (LDN) maqsadlarini belgilash borasida ixtiyoriy saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq tadbirlar va strategiya Global mexanizm va tegishli hamkorlar, shu jumladan, LDN jamgʻarmasi koʻmagida qay tarzda amalga oshirilayotgani haqida maʼlumot beriladi.

Bundan tashqari, qurgʻoqchilikni samarali boshqarish siyosati va uni amalga oshirish boʻyicha hukumatlararo ishchi guruhi CRIC 21 doirasida oʻz taraqqiyot hisobotini taqdim etadi. Shuningdek, 7/COP15 qaroriga (I-ilova) muvofiq, 2018–2030-yillarga moʻljallangan UNCCD Strategik asosini amalga oshirishni yanada takomillashtirish boʻyicha kelgusidagi harakatlarni belgilab olish va mustaqil baholashni taʼminlash maqsadida qoʻshma maslahatlashuv oʻtkaziladi.

Tomonlar soʻrovlariga muvofiq sessiya Tomonlar va ularning hamkorlari oʻrtasida interaktiv fikr almashishga yordam beradi.

Yuqori darajadagi tadbir Oʻzbekiston hukumati tomonidan CRIC 21 homiyligida tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер