Salomatlik uchun qay biri foydaliroq — hayvon yogʻimi yoki oʻsimlik moyi?
Yogʻlar inson tanasi uchun xuddi uglevod va oqsil kabi juda zarur. Biroq ayrim yogʻ turlari borki, ular isteʼmolini cheklash koʻplab xavfli kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Tabiiy yogʻlar asosan 2 xil boʻladi:
Toʻyingan (hayvon yogʻlari);
Toʻyinmagan (oʻsimlik moylari).
Toʻyingan yogʻlar (xona haroratida erimaydigan) goʻsht, sut, sariyogʻ tarkibida boʻlib, organizmga maʼlum darajada foydasi bor. Ammo ularni meʼyordan ortiq isteʼmol qilish qon tarkibida yogʻ miqdorining oshishi va turli kasalliklar kelish chiqishiga olib keladi.
Salomatlik uchun foydali boʻlgan, yaʼni toʻyinmagan yogʻlar dengiz baligʻi va turli oʻsimlik moylarida uchraydi. Ular qatoriga Omega-3 va Omega-6 yogʻ kislotalari kiradi.
Omega-3 asosan dengiz baligʻi, zigʻir urugʻi va yongʻoq tarkibida koʻp boʻladi. Omega-6 yogʻ kislotalari esa kungaboqar va makkajoʻxori moylarida mavjud. Shuningdek, ushbu yogʻ kislotalari soya, zaytun moyi, avokado kabi mahsulotlar tarkibida ham saqlanadi.
Bundan tashqari, boshqa yongʻoqsimonlar, yeryongʻoq, pista, bodom, sedana va qovoq urugʻida ham foydali yogʻlar boʻlib, ularni isteʼmol qilish sogʻlik uchun juda foydali.
Unutmang! Tuz qoʻshilgan yongʻoq, pista va shunga oʻxshash mahsulotlarni koʻp isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring