Salkam 10 mlrd. soʻmlik yuklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qoʻyildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Sirgʻali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida navbatdagi huquqbuzarlik holatiga chek qoʻyildi.
Xorijdan bojxona postiga keltirilgan “Plenkalarga fleksografik chop etish uchun uskunaning bir qismi" tovarlari belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, mazkur tovarlarning TIF TN kodi notoʻgʻri koʻrsatilishi natijasida tovarlarga nisbatan qoʻllanilgan 1 mlrd. 185 mln. soʻmlik imtiyozlar bekor qilindi.
Shuningdek oʻtkazilgan koʻrik davomida yuklar orasida 1 tonna ogʻirlikdagi “eritmalarni qayta tiklovchi sistema” tovarlari borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan bojxona koʻrigi natijasida qiymati 9 mlrd. 878 mln. soʻmlik tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring