Sakkiz oyda Oʻzbekiston 40 davlatga qariyb 79 ming tonna uzum eksport qildi
Arxiv surat
2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 40 ta xorijiy davlatlarga uzum eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, oʻtgan 8 oy mobaynida Oʻzbekiston Rossiyaga 29,3 ming, Qozogʻistonga 23,3 ming, Qirgʻiz Respublikasiga 8,8 ming, Xitoyga 5,1 ming, Turkiyaga 2,3 ming, Saudiya Arabistoniga 1,8 ming, Ukrainaga 1,7 ming, Belarusga 1,2 ming, Iroqqa 943,3, Germaniyaga 746,3 Ozarbayjonga 683,8 tonna uzum yetkazib bergan.
Ushbu mamlakatlar Oʻzbekiston eng koʻp uzum xarid qilgan davlatlar roʻyxatidan joy oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring