Sayyor qabuldan odamlar rozi boʻldimi?

14:08 13 Avgust 2019 Jamiyat
1040 0

Foto: “Xalq soʻzi”.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻziga biriktirilgan 4-sektor hududi — Bekobod tumani fuqarolarining muammolarini oʻrgandi.

Shu maqsadda tashkil etilgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Unda jami 21 ta muammoli masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. 15 nafar fuqaroning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi. 6 nafar fuqaroga asosli ravishda tushuntirishlar berildi.

Uchrashuvda ichki yoʻllar taʼmiri, ichimlik suvi, gaz taʼminoti, sogʻliqni saqlash kabi oʻnlab muammoli masalalarning atroflicha oʻrganildi, deyiladi Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi xabarida.

— Koʻchalarimiz taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi. Yogʻin-sochinli kunlarda farzandlarimiz bu yoʻllardan maktabga qatnashga juda qiynalishardi, — deydi Farhod MFY, Obod koʻchasida yashovchi Mirzaahmad Mirzayev. — Ushbu vaziyat yuzasidan bir necha marta tegishli tashkilotlarga murojaat qilganmiz. Taʼmirlashga vaʼda berishrdiyu, lekin shu vaqtgacha hech qanday amaliy natija boʻlmagan. Sayyor qabulda mahallamiz faxriylari mazkur muammo bilan yana bir bor murojaat qilishdi. Sektor rahbarining oʻzi kelib, koʻchamizni koʻrdi va murojaatimizni ijobiy hal qilib berishga vaʼda berdi. Tabiiyki, bunga ishonmagan edik. Ammo oradan 2 soat oʻtib, yuk mashinalarida shagʻallar olib kelib, toʻkila boshladi. Hamma xursand. Chunki yillar davomida hal etilmagan, aholini qiynab kelayotgan ushbu muammo bartaraf etildi.

Muloqotdan soʻng Qurbon hayiti munosabati bilan kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning holidan xabar olindi. Ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatildi.

— Qaynonam Zargul Eshmurodova ogʻir xastalik tufayli toʻshakka mixlanib qolganiga besh yil boʻldi, — deydi Fayz mahallasi, Nuroniy koʻchasida yashovchi Muhtaram Eshmurodova. — Nogironlik aravachasiga muhtojligimiz bor edi. Sayyor qabulda mazkur murojaatimni aytdim. Sektor rahbarining oʻzi xonadonimizga tashrif kelib, aravacha sovgʻa qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер