Saylov sabab qishki taʼtil muddati oldinga surilishi mumkin
Talabalar uchun qishki taʼtil davri 20-dekabrdan 6-yanvargacha deb belgilanishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.
22-dekabr kuni boʻladigan saylovlar munosabati bilan talabalar uchun qishki taʼtil davri 20-dekabrdan 6-yanvargacha deb belgilanishi kutilmoqda. Bu orqali talabalarning oʻz uylari joylashgan saylov okrugida ovoz berish imkoniyati yaratiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring