Saylov huquqiga ega fuqarolarning siyosiy irodasini toʻliq saylov jarayonida aks ettirishga xizmat qiladi — deputat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqilmoqda.
Ayrim deputatlar ushbu qonun loyihasi yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
Sanjar Hamidullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:
— Proporsional tizim bu yangi ilgʻor demokratik tajriba boʻlib, dunyoning koʻplab yetuk davlatlari intensiv, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xizmat qilgan va oʻzining samaradorligini tajribasini hayotda koʻrsatgan.
Ushbu tizimni afzalligi saylov huquqiga ega boʻlgan fuqarolarni siyosiy irodasini toʻliq saylov jarayonida aks ettirishga xizmat qiladi. Yaʼni, saylovda nafaqat yutib chiqqan partiya oʻz dasturini amalga oshirishga mandat oladi, balki boshqa partiyalarni ham ilgari surgan gʻoyalarini parlament orqali hayotga tatbiq etishga imkoniyat beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring