Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahallaga traktor olib berildi

14:28 13 Mart 2024 Jamiyat
249 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi”. Sayxunobod tumanidagi 19 ta mahalla fuqarolar yigʻiniga lizing asosida 1 tadan mini traktor tarqatildi.

Mazkur texnika vositasi mahalla hisobi (balansi)da turadi va aholi tomorqalaridagi agrotexnik tadbirlarni bajarishga xizmat qiladi. U orqali yordamga muhtoj oilalarning tomorqalaridagi ishlar tekinga bajarib beriladi.

Ushbu traktorlarning lizing mablagʻi 7-yil davomida toʻlanadi. Lizingning dastlabki toʻlovlari Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan Sirdaryo viloyati mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan mablagʻlari hisobidan qoplanishi belgilanmoqda.

Sirdaryo viloyatida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi yana bir yangilik shuki, tomorqasidan samarali foydalanib, yuqori natijaga erishayotgan tajribali fuqarolar oʻzlari yashayotgan mahallaga agronom etib tayinlanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер