Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston davlat maslahatchisi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Qozogʻiston Respublikasiga tashrif doirasida Qozogʻiston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva oʻzining Telеgram kanalida maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va koʻp tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Asosiy yoʻnalishlarda yaqindan muloqotni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash istiqbollari, jumladan, madaniy va xalq diplomatiyasi sohasida, shuningdek, axborot siyosati borasida hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring