Saida Mirziyoyeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi
Joriy yilning 28-sentabr kuni “Arxeologik hamkorlik – Bir makon, bir yoʻl” koʻrgazmasining ochilishi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Pekindagi “Bir makon, bir yoʻl” III xalqaro hamkorlik anjumani arafasida tashkil etilgan koʻrgazma Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklik munosabatlarining yana bir namunasi boʻldi.
Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik Buyuk Ipak yoʻli davridagi oʻtmishga borib taqaladi. Madaniyat va sayyohlik sohalarida, shu jumladan, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni ragʻbatlantirish biz uchun nihoyatda muhimdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring