Saida Mirziyoyeva DFC bosh direktori uchrashuv oʻtkazdi

10:40 08 Aprel 2026 Siyosat
155 0

Kecha, 7-aprel kuni Vashington shahrida Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Maʼlum qilinishicha, muloqot davomida yirik loyihalar portfelini muhokama qilingan. Mirziyoyevaning yozishicha, DFC Oʻzbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga koʻmaklashadi hamda investitsiyaviy xatarlarning bir qismini oʻz zimmasiga oladi.

Shuningdek, joriy yilda qoʻshma investitsiya platformasini ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashuv oʻtkazgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер