Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashdi
Shu yilning 11-iyun kuni Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSH savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
Muloqot davomida Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni faqatgina statistika – yuqori koʻrsatkichlar uchun emas, balki eʼtiborni, avvalo, xalq manfaatlari va farovonligiga qaratib, buni davlat siyosati darajasiga koʻtargan holda amalga oshirayotgani taʼkidlandi.
“Biz xalqaro savdo tizimining toʻlaqonli ishtirokchisiga aylanish niyatidamiz va Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishda AQSH koʻmagiga tayanamiz”, — deydi Prezident yordamchisi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring