Saida Mirziyoyeva AQSH Davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevaning AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻzining telegram sahifasida xabar berdi.
Muloqot davomida taʼlim, madaniyat, ayollar va bolalar huquqlarini taʼminlash kabi sohalarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qilingan.
“Shuningdek, Oʻzbekistonda OAV faoliyati va fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda inson huquqlari sohasida oʻzaro hamkorlik yuzasidan fikr almashdik”, — deydi Mirziyoyeva oʻzining telegram kanalida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring