Sadir Japarov Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasini isteʼfoga chiqarib yubordi
Arxiv surat
U bir kun oldin bu vakolat prezidentga berilishi haqidagi qonunni imzolagan edi
Qirgʻiz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov Vazirlar Mahkamasining isteʼfosi toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekkan. Bu 24.kg xabar bermoqda.
Farmonga koʻra, Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllanguncha oldingi tarkib vazifasini bajarishda davom etadi.
"AKIpress«ning yozishicha, Japarov allaqachon hukumatning yangi aʼzolarini parlamentga taklif qilgan. Unga koʻra, davlat rahbari Bosh vazir lavozimiga Akilbek Japarov nomzodini ilgari surgan. Akilbek Japarov shu paytgacha Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida ishlagan.
11-oktyabr kuni Sadir Japarov “Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi qonunga imzo chekkan edi. Ushbu hujjatda prezidentning vakolatlari bir qator kengaytirilgan. Xususan, qonunga Japarov tashabbusi bilan Bosh vazir va hukumatni isteʼfoga chiqarish vakolati prezidentga berilishini kiritilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring