Sadir Japarov Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan soʻng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring